SportUz.Net
photo photo

Isroil Madrimov kimga qarshi qaysi kamar uchun jang qilishi malum

04.06.2021 23:20    


Rasmni yuklab olish

Professional boksda faoliyat yuritayotgan charm qo'lqop ustamiz Isroil Madrimov chempionlik kamari uchun ringga ko'tarilishi haqida xabar bergan edik.

SHundan so'ng muxlislar o'rtasida Madrimovga kim raqiblik qilishi haqida taxminlar ko'paydi. Bugun bokschimiz saytimiz mehmoni bo'ldi va ushbu savolga oydinlik kiritib o'tdi. Unga ko'ra, Isroil franciyalik Maykl Soroga qarshi WBA Gold chempionligi uchun ringga chiqadi. Soro shu kungacha 38 ta jang o'tkazgan: 35 ta g'alaba (24KO), 2 mag'lubiyat va bir bora durang qayd etgan.

To'qnashuv avgust oyida bo'lishi rejalashtirilmoqda. Madrimov mashg'ulotlarni boshlash uchun 6 iyun kuni erta tongda AQSHga uchib ketadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: