Musobaqa doirasida engil vazn toifasida o'zbekistonlik professional bokschi Abdurasul Ismoilov (11-2-0) ham ringga chiqadigan bo'ldi. Hamyurtimizga filippinlik 26 yoshli bokschi Al Toyogon (14-9-2) raqiblik qiladi. Jang 8 raund etib belgilangan.
Avvalroq, ushbu oqshom doirasida O'ta engil vazn toifasidagi professional bokschimiz, WBO Oriental kamari sohibi Olimjon Nazarov (30-5-0) tailandlik Saravut Jiamtong (11-4-0) bilan jang qilishi haqida xabar bergan edik.
Eslatib o'tamiz, Abdurasul Ismoilov so'nggi jangini 13 yanvar kuni Veyvey Lyuga qarshi o'tkazib, nokaut bilan g'alaba qozongan edi.
Kanelo: "Faoliyatimda erishish mumkin bo'lgan barcha yutuqlarni qo'lga kiritib bo'ldim"