SportUz.Net
photo photo

Lazizbek Mullojonov ishtirokidagi jang 2 raund davom etdi

04.06.2021 22:00    


Rasmni yuklab olish

Superog'ir vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Lazizbek Mullojonov prof ringdagi ikkinchi jangini o'tkazdi.

Rossiyaning Sank-Peterburg shahrida tashkil etilgan boks oqshomida hamyurtimizga estoniyalik Anton SHomkin (30 ta jang, 14 g'alaba, 25 ta mag'lubiyat va bitta durang) raqiblik qildi. Olti raundga mo'ljallangan jang ikkinchi raundga keliboq yakunlandi. Mullojonov raqibini nokaut evaziga mag'lub etdi. 

G'alabadan so'ng saytimiz muxbiri bokschimizdan intervyu oldi:

"Raqibim o'zgargani uchun uni o'rganishga etarlicha vaqt bo'lmadi. Menda bir kun vaqt bor edi. SHunga qaramay, raqibimni birinchi raundda o'rganib, ikkinchisida nokaut qilishga erishdim, Alhamdulillah, buni uddaladim", - dedi bokschimiz.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: