Hamyurtimiz 5 may kuni Koreya Respublikasining Gohyong shahridagi "Paryeong Gymnasium" majmuasida "Cocky Buffalo" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan professional boks oqshomida ringga ko'tariladi. Nazarovga o'sha kuni tailandlik Saravut Jiamtong (11-4-0) raqiblik qiladi.
Ahamiyatlisi, 12 raundga mo'ljallangan jang o'ta engil vazn toifasida vakant bo'lib turgan WBO International kamari uchun o'tkaziladi. Bu jangdagi g'alaba orqali Olimjon o'z kamarlari sonini 2 taga etkazib olishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, 38 yoshli Olimjon Nazarov so'nggi jangini 13 yanvar kuni Vulan Tuolehaziga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.
"Nima uchun yo'q?". 43 yoshli Gennadiy Golovkin ringga qaytish haqidagi savolga javob berdi