SportUz.Net
photo photo

Floyd Meyvezer: "Engil qo'lqoplarda jang qilmoqchiman. Odamlar qon to'kilishini xohlashadi"

04.06.2021 16:20    


Rasmni yuklab olish

Besh vazn bo'yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer blogger bilan 8 unciyali qo'lqopda jang qilishga tayyorligini aytdi.

"Dastlab, ular 16 unciya qo'lqop haqida, keyin 14 unciya qo'lqop haqida gaplashishdi, keyin 10 unciyaga to'xtaldik.

Men o'zim xohlagan narsaga tobora yaqinlashmoqdaman. Menga kerak bo'lgan narsa – 8 unciya qo'lqop, shunda biz odamlarning ko'ngil ochishini taminlay olamiz. Garchi bu ko'rgazmali jang bo'lsada, odamlar qon ko'rishni xohlashadi", - dedi Meyvezer.

Avvalroq Meyvezer va Pol 12 unciyada qo'lqop bilan boks tushishlari malum bo'lgan edi. 8 unciyali boks qo'lqoplaridan esa yarim o'rta vazndan past bokschilar foydalanadilar.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: