SportUz.Net
photo photo

Nursulton Ro'ziboev tarozi marosimida ishtirok etdi

29.03.2024 18:57    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, bizning vaqt bilan 31 mart tongida AQSHning Atlantik-Siti shahrida UFC Fight Night 241 turniri o'tkaziladi.

Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Nursulton Ro'ziboev asosiy kardda tashkil etiladigan jangda amerikalik Sedrik Dyumaga qarshi oktagonga chiqadi. 

Biroz avval jangchilar tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Nursulton ham, Dyuma ham bir xilda 83,91 kg tosh bosib, belgilangan vazn meyorini bajardi. Demak, jang o'z kuchida qoldi. 

Oqshomning markaziy jangi ayollar o'rtasida eng engil vazn toifasida Erin Blenchfild va Manon Fioro o'rtasida kechadi. Erin tarozida 56,7 kg, Manon esa 56,81 kg vazn qayd etdi. Bu jang ham o'z kuchida qoldi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: