SportUz.Net
photo photo

Isroil Madrimov chempionlik uchun ringga ko'tariladi

03.06.2021 16:40    


Rasmni yuklab olish

Professional boksda mag'lubiyatsiz odimlayotgan bokschimiz Isroil Madrimovning navbatdagi jangi chempionlik uchun bo'ladi.

Bu haqida charm qo'lqop ustamiz kecha bokschilarimizni kutib olish marosimda olamsport.com saytiga bergan intervyusida malum qildi. 

«6 iyun kuni AQSHga jo'nab ketaman. Xudo xohlasa, chempionlik jangiga tayyorgarlik boshlanadi. Jangni avgust yoki sentyabr oyida o'tkazishni rejalashtirayapmiz. Xalqimiz qo'llab-quvvatlab tursa yaxshi natijalarni, chempionlik kamarlarini yurtimizga olib kelamiz. CHempionlik jangiga chiqishim aniq, faqat sanasi malum emas. Xudo xohlasa barchasi aniq bo'lsa bu haqida xabar beramiz», - dedi Isroil Madrimov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: