SportUz.Net

Jeyk Pol Toni Fergyusonga "vyzov" tashladi

05.03.2024 10:38    


Rasmni yuklab olish

Taniqli bloger-bokschi Jeyk Pol sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Toni Fergyusonni oktagonga chorlamoqda.

Ammo bu jangning amalga oshishi biroz qiyin. Boisi, "qariya" Tonining UFC bilan amalda shartnomasi bor. Agar amerikalik Dana Uayt bilan kelisha olsa, Jeyk Pol bilan bo'ladigan jang unga umrining oxirigacha etadigan gonorar keltiradi. 

Jeyk Pol o'zining MMA qoidalari asosidagi PFL ligasidagi ilk jangida aynan "El Kukuy"ni raqib sifatida ko'rmoqchi. 

"Men UFC bilan shartnomasidan ozod bo'lgan istalgan yakkakurash ustasiga qarshi jang qilishga tayyorman. PFL ligasida MMA qoidalari bo'yicha jang qilishni istayman. Faqat menga to'g'ri raqib kerak. Neyt Dias 15 million dollarlik taklifimni rad etdi. Ko'ramiz, endi UFC ligasidan kim haydalar ekan. Balki, Toni Fergyusondir? U jang qilishni xohlayotganini aytgandi. Men uning Pimblettga shu tarzda yutqazib, nafaqaga ketishini istamayman. Aks holda bu achinarli yakun bo'ladi. Toni ajoyib yigit, biz esa unga yomonlik tilamaymiz", - dedi yutuber.

Malumot uchun, 40 yoshli Toni Fergyuson so'nggi jangini o'tgan yilning dekabr oyida britaniyalik Peddi Pimblettga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra yutqazib qo'ygandi. Amerikalik 27 yoshli Jeyk Pol esa kuni kecha professional boksdagi to'qqizinchi g'alabasini tantana qildi. U ringda UFC yulduzlari Ben Askren, Tayron Vudli, Anderson Silva va Neyt Diasni mag'lubiyatga uchrata olgan. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: