"To'g'risini aytsam, Genri qarshiliklarimizga qaramay shunday degandi: "Men shartnomaga qo'l qo'yaman va jang qilaman". Bu oqlash emas, u jang qildi.
Merabga past baho bermoqchi emasman, chunki u qilishi lozim bo'lgan ishni bajardi. Sexudo jangdan oldin chovini (pax) tortib olgandi. Genri jang oldidan kurash bo'yicha shug'ullanmadi, to'rt hafta davomida sparringlar qilmadi.
CHarchab qolgan Sexudoni qachon so'nggi marotaba ko'rgandik? Xech qachon. Genri bu safar birinchi raund o'rtalarida charchab qoldi va raundni yutgandi. U menga jarohat haqida indamagandi. Buni mendan yashirgandi.
Unda mashg'ulot lageri shunchaki dahshatli bo'lgandi", - dedi Abdel-Aziz.