SportUz.Net

Magomed Kurbanov Madrimov bilan jang oldidan: "Anchadan beri bunday motivaciyaga ega bo'lmagandim"

28.02.2024 14:19    


Rasmni yuklab olish

Isroil Madrimovning bo'lajak raqibi, rossiyalik Magomed Kurbanov bokschimizga qarshi jang oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Hislar ajoyib. Juda yaxshi emociyalarga egaman. Hali tayyorgarlik jarayoni davom etmoqda. Jang hali elon qilinmagan paytdayoq o'zimni yaxshi his qilayotgandim. Yaxshi mashg'ulotlar o'tkazdim va bu jang bo'lishiga ishongandim. Mana nihoyat, bu amalga oshadi.

Anchadan beri bunday motivaciyaga ega bo'lmagandim. Qiyinchiliklar bo'lmadi, menda barchasi joyida. Ishongan holda mehnat qildim va bu endi amalga oshadi. 

Amerikada sparringlar qildik va mana bir necha kundan beri Dubaydamiz. Jangga bir hafta qolganida Saudiya Arabistoniga yo'l olaman", - dedi Kurbanov. 

Eslatib o'tamiz, Isroil Madrimov - Magomed Kurbanov jangi 8 mart kuni Saudiya Arabistonida o'tkaziladi. Bahs WBA kamari uchun o'tkaziladi. 

Kechaning asosiy jangida Entoni Joshua Frensis Ngannu bilan to'qnash keladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: