SportUz.Net
photo photo

Dana Uayt Jon Jons - Stipe Miochich jangi tafsilotlarini ochiqladi

28.02.2024 13:38    


Rasmni yuklab olish

UFC tomonidan Jon Jons va Stipe Miochich o'rtasidagi jang tafsilotlari malum qilindi.

Dana Uaytning xabar berishicha, og'ir vazn toifasidagi ushbu chempionlik jangi yoz oylarida o'tkaziladi. Jon Jons - Stipe Miochich jangi g'olibi keyin divizionning vaqtinchalik chempioni Tom Aspinallga qarshi birlashtiruvchi chempionlik jangida oktagonga chiqadi.

"SHu yozda Jons - Miochich jangi bo'lib o'tadi. Juda qiziqarli to'qnashuv. Kim g'alaba qozonishidan qatiy nazar keyingi jangini Tom Aspinallga qarshi o'tkazadi. SHunday qilsak, menimcha adolatdan bo'ladi. Bu yigitga imkoniyat berish kerak. U bunga haqli", - deya Maks Krosbiga intervyu bergan UFC rahbari. 

Kuni kecha og'ir vazndagi amaldagi UFC chempioni Jon Jons Stipe Miochich va Tom Aspinallni mag'lubiyatga uchratganidan keyin Frensis Ngannuga qarshi oktagonga chiqish istagida ekanini malum qilgandi.

Aslida Jons - Miochich jangi o'tgan yilning noyabr oyida o'tkazilishi kerak edi. Ammo o'shanda u ko'krak qafas muskullarini cho'zib olgan va natijada jang bekor bo'lgandi. Tom Aspinall esa UFC 295 turnirida rossiyalik Sergey Pavlovichning birinchi raundidayoq nokautga uchratib, vaqtinchalik chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: