SportUz.Net

Mirafzal Ahtamovning jangi bekor qilindi

22.02.2024 17:19    


Rasmni yuklab olish

Ahtamov 24 fevral kuni jang qilmaydi.

Yarim o'rta vazn toifasidagi MMAchimiz Mirafzal Ahtamov 24 fevral kuni Nyu-Yorkda brazliyalik Diego Byankiniga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. Biroq, hamyurtimiz sog'ligi bilan bog'liq muammo tufayli ushbu jangda ishtirok eta olmaydi.

«Jangim keyingi turnirga qoldirildi. Bir hafta oldin infekciya yuqtirib olgan edim, kuchli antibiotiklar qabul qildim, ammo sog'ligimni tiklay olmadim. Jangni bekor qilmaslikka harakat qildim. Lekin vazn tashlashni boshlashim bilan ahvolim og'irlashdi. Sog'likni tiklab, yaxshiroq tayyorlanib qaytamiz», - deb yzodi Ahtamov ijtimoiy tarmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: