SportUz.Net

Kuba boks terma jamoasining Olimpiada-2024 licenzion turniri uchun tarkibi elon qilindi

22.02.2024 12:57    


Rasmni yuklab olish

Boks bo'yicha Kuba terma jamoasi murabbiylar shtabi Parij-2024 Olimpiadasi licenzion turniri uchun tarkibni oshkor qildi.

Ushbu licenzion Olimpiya turniri Italiyaning Busto-Arsicio shahrida bo'lib o'tadi. Unda Alexandro Klaro (51 kg), Erislandi Alvares (63,5 kg), Xorxe Kuelyar (71 kg) va Fernando Alexandro Arsola (+92 kg) Kuba sharafini himoya qiladi. 

Avvalroq Panamerika o'yinlarida Saydel Orta (57 kg), Arlen Lopes (80 kg) va Xulio Sesar La Krus (92 kg) muvaffaqiyatli ishtirok etib, Parij Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi. 

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili Osiyo o'yinlarida bokschilarimizdan Hasanboy Do'smatov (-51 kg), Abdumalik Xalokov (-57 kg), Bahodir Jalolov (+92 kg) va Nigina O'ktamova (-54 kg) to'rt yilliking eng nufuzli musobaqasiga licenziyani qo'lga kiritgandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: