"Makgregorga pul kerak emas. U yana jang qiladimi-yo'qmi, buni bilmayman. Konorda pul juda ko'p. Makgregorni qaytara olsak xursand bo'lamiz.
U yaqindagina bir filmda rol o'ynadi. Konorning aynan shu film bo'yicha majburiyatlari bor. U haqiqatan ham bu yil jang qilishni xohlayapti, lekin ko'ramiz, nima bo'lar ekan", - dedi Uayt.
35 yoshli Makgregor so'nggi jangini 2021 yilning iyul oyida amerikalik Dastin Porega qarshi o'tkazib, muddatidan oldin mag'lub bo'lgan edi.
Topuriya: "Carukyan qo'rqib qolgan. U jang qilmasligi aniq bo'lganda vazn qila oladi"