SportUz.Net
photo photo

Mahmud Muradov O'zbekistonga qaytib keldi + FOTO

30.05.2021 14:20    


Rasmni yuklab olish

UFC`chimiz Mahmud Muradov qisqa tanaffusdan so'ng yurtimizga qaytib keldi.

Bu haqda aralash yakkakurash ustamiz o'zining Instagram sahifasida xabar berdi.

"O'zbekistonga qaytdim. Avval aytganimdek, mashg'ulotlarning birinchi bosqichini yurtimiz tog'larida, ikkinchisini esa Polshada o'tkazamiz. Alloh nasib qilsa, sizni yana bir g'alaba bilan xursand qilish uchun tinimsiz mehnat qilaman", - deb yozadi Muradov.

Malumot uchun, Mahmud Muradov 28 avgust kuni Jerald Mirshertga qarshi oktagonga ko'tariladi. Mirshert MMA`dagi faoliyati davomida 46 ta jang o'tkazgan va ularning 32 tasida g'alaba qozongan. Qolgan 14 ta jangda mag'lub bo'lgan. U faoliyati davomida Kevin Xolland, Xamzat CHimaev kabi raqiblarga qarshi jang qilib, imkoniyatni boy bergandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: