SportUz.Net

Bogdan Guskov nokaut vaqtida baqirgani haqida: "Raqibga hurmatsizlik qilganim yo'q"

13.02.2024 15:57    


Rasmni yuklab olish

UFC jangchisi Bogdan Guskov bir necha kun oldingi jangini esladi.

- Siz nokaut qilgan vaziyatda yana zarba bermadingiz, lekin egilib unga baqirdingiz. Tashqaridan bu qanday ko'rinishi haqida o'yladingizmi? 

- Bu ichimdagi emociyalarning yorib chiqishi edi. Men baqirishni boshlaganim uchungina unga boshqa zarba bermadim. Agar baqirmaganimda katta ehtimol bilan yana zarbalar berardim. Uning sog'lig'ini asrab qolish muhimligini o'yladim.

Bu vaziyatda men tomondan xech qanday hurmatsizlik bo'lmadi. SHunchaki bu ichimda bo'lgan emociyalar edi va men ularni tashqariga chiqarib yubordim", - dedi Guskov "Match TV"ga bergan intervyusida. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: