SportUz.Net
photo photo

Entoni Joshua Fyuri - Usik jangida zaxira jangchisi bo'lishga tayyor

13.02.2024 11:19    


Rasmni yuklab olish

18 may kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida katta prof boks oqshomi o'tkaziladi.

Oqshomning markaziy jangida og'ir vazn vakillari - britaniyalik Tayson Fyuri hamda ukrainalik Aleksandr Usik to'qnash keladi. Britaniyalik yana bir charm qo'lqop ustasi Entoni Joshua ushbu jang uchun zaxira nomzodi bo'lishga tayyor. Bu haqda uning promouteri Eddi Xirn xabar bermoqda.

"Biz tayyor bo'lamiz. Entoni uchun 11 oy ichida to'rtinchi bor jang qilish ajoyib bo'ladi. U qaysidir paytda dam olishiga to'g'ri kelar, biroq Ngannuni mag'lub etgan taqdirda imkoniyat tug'iladi. Menimcha, Fyuri yoki Usik bilan ham jang qilishga tayyor bo'ladi", - dedi Xirn.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: