"Bu yigitlar bilan mashg'ulot o'tkazish – shunchaki boshqa daraja. Dog'istonliklarning mentaliteti boshqacha, bu ularni boshqa jangchilardan ajratib turadi. Menimcha, Islam Maxachev, shubhasiz, vazn toifalaridan qatiy nazar dunyodagi eng yaxshi jangchi. U aralash yakkakurashning eng yirik vakillaridan biri sifatida tarixga kirishi mumkin. Bu yigitlar boshqalardan ko'ra ancha kuchli," dedi Bilol.
Hozircha Belal Muhammadning navbatdagi jangi rasman elon qilinmagan, ammo xabarlarda aytilishicha, u keyingi jangini yarim o'rta vazn chempioni Leon Edvardsga qarshi o'tkazadi.
Aleks Pereyra: "Agar Ankalaev men qanday jarohat bilan jang qilganimni bilganida edi..."
Umar Nurmagomedov: UFC chempionligi yoki Dvalishvili bilan revansh? Men ko'proq qasos olmoqchiman