SportUz.Net
photo photo

Xabibning jamoasi Ramzan Kadirov bilan bo'lgan janjalga nuqta qo'ydi

30.05.2021 09:20    


Rasmni yuklab olish

Sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov va CHecheniston prezidenti Ramzan Kadirov o'rtasidagi ijtimoiy tarmoqlarda kechgan janjalli vaziyatga barham berildi.

Eagle FC prezidenti, Xabibning qarindoshi SHamil Zavurov va "Axmat" klubi rahbari ushbu vaziyatga rasman izoh berdi.

"Hech qanday qarama-qarshilik bo'lmagandi. Sportdan juda uzoqda bo'lgan insonlar Ramzan Kadirovga noto'g'ri savol berishdi. Hammasiga shu sabab bo'ldi. Hozir hammasini kelishib oldik. Bu mavzudagi barcha postlar, hamma gaplar o'chirib tashlandi. Biz bu mavzuga boshqa qaytmaslikga kelishib oldik.

O'shanda Ramzan Kadirov shunchaki o'z fikrini aytgandi. Ammo, Xamzat kerakmas gap aytib yubordi. Bunisi to'g'ri. Biz qardosh xalqmiz. Barchasini tinchlik bilan hal qildik", - deydi SHamil Zavurov o'z bayonotida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: