SportUz.Net
photo photo

Farrux Qilichev: "Eng ko'p oltin medal bilan vatanimizga qaytamiz degan umiddaman"

27.05.2021 19:00    


Rasmni yuklab olish

Ayni paytda Dubay shahrida boks bo'yicha Osiyo chempionati qizg'in davom etmoqda.

SHu kungacha o'tkazilgan janglar yuzasidan murabbiy Farrux Qilichevning fikrlari bilan qiziqdik. 

"SHukrki, Osiyo chempionati O'zbekiston uchun muvaffaqiyatli kechmoqda. 10 ta vaznda 10 nafar bokschimiz yarim finalga chiqdi. Oldinda yarim final bellashuvlari turibdi. Ishonchim komilki, nasib qilsa bokschilarimiz yorug' yuz bilan O'zbekistonga qaytishadi. 

Dilshodning qatarlik bokschiga qarshi jangi? Biz u bilan jangdan oldin raqib imkoniyatlariga qarab ringga ishlashni rejalashtirdik. Muhimi ringni his qilish lozimligini takidlagandim. U ikkinchi raunddayoq raqibini texnik nokautga uchratdi. Barchasi ko'ngildagidek.

Eng ko'p oltin medal bilan vatanimizga qaytamiz degan umiddaman", - dedi Farrux Qilichev. 

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: