SportUz.Net

Oliveyra Maxachev bilan revanshni Ramazonga qadar o'tkazmoqchi

08.12.2023 08:19    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn toifasida braziliyalik UFC sobiq chempioni CHarlz Oliveyraning murabbiyi Diego Lima shogirdining mazkur vazn chempioni Islam Maxachev bilan ehtimoliy revansh jangi haqida gapirdi.

"Agar UFC Ramazongacha kutishimizni istasa, biz kutamiz. SHoshayotganimiz yo'q, biz uchun eng muhimi - CHarlzning Islam bilan navbatdagi jangini o'tkazishidir. Mart oyida jang qilish bizning ustuvor vazifamiz, lekin CHarlz UFC 299 turniri doirasida, chempionlik jangida o'z muxlislari oldida kamar uchun jang qilishni orzu qiladi. UFC 300 turniri uchun Konor Makgregor va Maykl CHendler jalb qilinishi mumkin, aprelda esa Ramazon oyi bo'ladi. SHuning uchun, jang may oyida, UFC 301 turnirida bo'lishi ham mumkin", - deya Limaning so'zlaridan iqtibos keltiradi Sherdog nashri.

Eslatib o'tamiz, ular o'rtasidagi ilk jang 2022 yil oktyabr oyida o'tkazilgan. O'shanda Maxachev Oliveyrani ikkinchi raundda sabmishen orqali mag'lub etib, engil vazn toifasida UFC chempioniga aylangan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: