SportUz.Net

Islamni oktagonga chorlagan Carukyan UFC engil vaznlilar reytingida Top-5`ga kirib oldi

06.12.2023 13:00    


Rasmni yuklab olish

Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Arman Carukyan UFC on ESPN 52 turniri natijalari asosida elon qilingan reytingda ko'tarilishga erishdi.

Arman yakshanba tongida amerikalik Benil Dariushni birinchi raundning 64-soniyasidayoq nokautga uchratgan edi. Ushbu g'alabasi evaziga u UFC engil vaznlilar reytingida to'rt pog'onaga ko'tarilib, to'rtinchi o'ringa joylashdi. Benil esa aksincha, to'rtinchi o'rindan ettinchi pog'onaga pastladi. 

SHuningdek, Carukyanning g'alabasi Rafael Fizievning reytingdagi o'rniga ham tasir o'tkazdi. "Ataman" avvalgi o'rnidan bir pog'onaga pastladi. Yakshanba tongida Bobbi Grinni birinchi raundning o'zida nokautga uchratgan Jelin Terner Top-10`talikka kirib oldi. 

Reytingning Top uchtaligida hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. Braziliyalik sobiq chempion CHarlz Oliveyra birinchi o'rinni saqlab qoldi. Amerikalik Jastin Getji va Dastin Pore mos ravishda ikkinchi hamda uchinchi o'rinlarni band etishgan. Islam Maxachev vazn chempioni bo'lib turibdi. Arman Carukyan yakshanba kungi jangidan keyin Maxachevga qarshi oktagonga chiqishga tayyor ekanini malum qilgan edi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: