SportUz.Net

Jons Aspinallga javob qaytardi. U Jondan kamarni olib qo'yish kerakligini aytgandi

05.12.2023 14:57    


Rasmni yuklab olish

UFC og'ir vazn toifasi chempioni Jon Jons Tom Aspinallga javob qaytardi.

Avvalroq ushbu vaznning vaqtinchalik chempioni Tom Aspinall Jon Jonsdan kamarni olib qo'yish kerakligini aytgandi. 

"Men bu dunyo taklif qilishi mumkin bo'lgan eng qiyin raqobat bilan to'qnashmoqdaman. SHu tarzda 15 yil o'tdi. Himoya jangimga tayyorgarlik ko'rayotganimda men jiddiy jarohat oldim va bu faoliyatimda ilk bor jarrohlik amaliyotini o'tkazishimga sabab bo'ldi. 

Endi esa yangi kelganlar meni chempionlikdan mahrum etish kerakligini aytmoqda. Afsonalar bilan jangdagi g'alabalar soni nol, himoya janglari soni nol, ammo ular Danadan nimalarnidir talab qila boshlashdi. Bu g'alati. 15 yillik faoliyatim davomida men buyuk bo'lishi kutilgan ko'plab yigitlarni ko'rdim. Ammo doim faqat bitta Jon Jons bo'lgan. Buni xech qachon unutmaslik kerak", - dedi Jons.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: