Musobaqada terma jamoamiz azolari 4 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi.
Ahamiyatlisi, ushbu natija orqali O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Jahon chempionatini 51 davlat orasida umumjamoa hisobida uchinchi o'rinda yakunladi.
Birinchi o'rin 7 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza medaliga ega chiqqan Rossiya terma jamoasiga nasib etgan bo'lsa, ikkinchi o'rindan 4 ta oltin, 5 ta kumush hamda 1 ta bronza medalini qo'lga kiritgan mezbon Armaniston davlati joy oldi.