"Avvalo, hammasi Allohdan. Lekin o'z ustimda ko'proq ishlashim kerak. Motivaciya kerak - bu sizlar! Nasib bo'lsa, tiklanishimga qarab, ringga qaytaman".
SHuningdek, Ergashev endilikda har 6 oyda jang o'tkazishga harakat qilishini aytdi:
"Rejalar juda ko'p. Avval sog'likni tiklab, keyin 4-5 oyda ringga qaytaman. Har 6 oyda jang o'tkazish kerak, deb o'ylayman. Ko'p jang qilmaslik ham bokschini formadan chiqaradi, buni o'zimda his qildim. Endi uzoq vaqtda emas, 5-6 ta oyda bitta jang o'tkazaman", - deb yozgan SHohjahon.
Eslatib o'tamiz, SHohjahon Ergashev 26 noyabr tongida IBF yo'nalishi chempioni, puerto-rikolik Sabriel Matiasga qarshi jang qilib, muddatidan oldin mag'lub bo'lgan edi.