SportUz.Net
photo photo

"Men hech qachon birinchi bo'lib boshlamayman". Bobbi Grin Carukyanning klubdoshi bilan janjali haqida gapirdi

01.12.2023 12:19    


Rasmni yuklab olish

Bobbi Grin Arman Carukyanning klubdoshi bilan janjali haqida gapirib berdi.

"Men hech qachon birinchi bo'lib boshlamayman. Biroq jig'imga tegib qo'ysa, u ahlatni bir balo qilib qo'yaman. Buning uchun meni qamab qo'yishlari mumkin, shu sababli men bilan o'ynashmanglar.

Bu itning bolasi oldimga yugurib kelib, nimalardir qilmoqchi bo'lishdi, men esa unga zarba berdim. Men bilan o'ynashaverma.

Uning jamoasidan kimdir o'zini juda yomon tutdi va oldimga uchib keldi. O'shanda bir o'zim edim, yonimda hech kimim yo'q edi. Keyinchalik jamoadoshim yugurib kelayotganda u: "O, yo'q-yo'q", dedi.

Keyinchalik qo'riqchi paydo bo'lganidan keyin u yana menga ko'p gapirishni boshladi. Barchasini o'zi boshladi", - dedi Bobbi Grin.

Eslatib o'tamiz, 3 dekabr kuni Grin va Carukyan bir turnirda oktagonga chiqadi. Unda Gringa Jalin Terner raqiblik qilsa, Carukyan bilan Beneil Dariush jang olib boradi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: