"Bir necha yil avval Jim Millerning loukik zarbalarini ko'rganimdan so'ng bu zarbaga mehrim oshgandi. Konorni ham uchinchi jangda ushbu zarbadan foydalanishini kutib qolaman. U loukikning qanday kuchga ega ekanligini avvalgi jangimizda xis qilib ko'rdi.
Men unga qarshi kechadigan jangga jiddiy tarzda tayyorlanyapman. Agar uchinchi bahsda ham zarbalarim o'xshasa, undan foydalanaman. Agar o'xshamasa, sizlar uchun yana ko'plab boshqa zarbalarim bor", - deya yozib qoldirgan Dastin.