SportUz.Net
photo photo

Dyu Plessi: "Striklenddan keyin bajonidil CHimaevning tanobini tortib qo'yaman"

21.11.2023 16:19    


Rasmni yuklab olish

UFC'ning o'rta vazn toifasidagi titul uchun davogar Drikus dyu Plessi rossiyalik Xamzat CHimaev bilan jang qilishga tayyorligini aytdi.

Janubiy afrikalik jangchi SHon Striklendga qarshi jangdan keyin Xamzat bilan bir oktagonga chiqishini aytdi.

"Striklendga qarshi jangdan keyin UFC Xamzatga qarshi jangni tashkillashtirib bersa kerak deb o'ylayman. Ular agarda Kamaru Usmanni mag'lub qilsa, u ham titul uchun imkoniyatni qo'lga kiritishini aytishgandi. Men ham Striklenddan keyin bu bugimenning tanobini tortib qo'yishga yo'q demasdim. UFC bu jangni tashkillashtirishni istamoqda. Lekin hozir mening birgina maqsadim bor - SHon Striklend", - dedi Drikus.

Eslatib o'tamiz, Striklend va dyu Plessi o'rtasidagi jang 21 yanvar kuni Torontoda o'tkaziladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: