Bu og'ir diviziondagi Keyn Velaskes, unda barcha davrlarning eng zo'r jangchisi bo'lishi uchun imkoniyatlari etarlicha bo'lgan.
"Aytyapmanku, o'sha paytlarda Keyn Velaskes bilan hech kim jang qilishni istamasdi. Agarda u yuqori darajada ishlashda davom etganida, MMA tarixidagi eng zo'ri bo'la olardi. Buni mendan, Xabib Nurmagomedovdan so'rang, uni sport zallarda ko'p ko'rgan jangchilardan so'rang. Hech kim u kabi bo'la olmasdi. SHunchaki uning natijalarini ham yodga olish etarli. SHuningdek, u 5-6 yil davomida jarohatini davoladi. U eng zo'ri bo'lgandi. Hozir ham aytishim mumkin, biror kim uni mendan ustun ko'rsa, fikrlariga qo'shilaman. U mendan kuchli bo'lgan", - dedi Korme.
Malumot uchun, Keyn Velaskes professional faoliyati davomida 14 jangda g'alaba qozonib, 3 marta mag'lub bo'lgan. U 2019 yilda faoliyatini yakunlagan.