SportUz.Net
photo photo

Svetlana Osipova - Olimpiadaga yo'llanma oldi yoxud O'zbekiston taekvondosida yangi sahifa!

22.05.2021 18:40    


Rasmni yuklab olish

Iordaniya poytaxti Amman shahrida osiyolik taekvondochilar uchun Tokio-2020 uchun licenzion turnir bo'lib o'tdi.

Ushbu musobaqada +67kg vazn toifasida o'zbekistonlik Svetlana Osipova ishtirok etdi. Biroz avval hamyurtimiz filippinlik Kyorsti Aloraga qarshi jang qilib 27-5 hisobida g'alabaga erishdi hamda Tokiodagi Olimpiadaga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

SHunday qilib, Tokiodagi Olimpiya o'yinlarida O'zbekistondan bir yo'la to'rt nafar taekvondochi ishtirok etadigan bo'ldi. Bu mustaqil O'zbekiston taekvondosi uchun yangi rekord natija bo'ldi.

Ushbu g'alaba bilan Svetlana Osipovani va butun O'zbekiston xalqini tabriklaymiz! Yangi O'zbekiston, yangi g'alabalar!



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: