"UFCdagilar men bilan bog'lanishdi va jangni sharhlashimni istayotganliklarini malum qilishdi. Men: "Yaxshi. Men rostan ham bu ishni qilishimni istayapsizmi?" deb so'radim. Ular: "Ha" deyishdi. Men esa "Ehtimol, bu to'g'ri ish bo'lmas"-dedim.
Men sportchilar asosiy musobaqalarga qanday ehtiyotkorlik bilan qarashlarini bilaman. Hozirgi paytda hazil qilish… Bilmadim. Bunday vaqtlarda salbiy hodisalarga duch kelish mumkin! Undan tashqari, Xabib har doim hamma jabhada juda sezgir.
Menga: "Galustyan, do'stim, jim bo'ling, keling, jangni tinchgina tomosha qilaylik”, - deb aytishlaridan qo'rqardim.
Professional sharhlovchilarga xalaqit bermay, ehtiyotkorlik bilan ishladim. Ular mahorat bilan gapirishdi va men ora-orada biroz hazillashib turdim.
Hammasi silliq o'tdi deyish noto'g'ri bo'ladi. Men ham shov-shuv qilishni xohlamadim.
Juda nozik nuqta. Biroz noto'g'ri yo'nalish va hammasi salbiy tugashi mumkin. Biz bunga yo'l qo'ymadik. Yakuniy natija: Xabib g'alaba qozondi”, - dedi Galustyan.