SportUz.Net
photo photo

Fyuri Uaylder bilan jang qilishdan bosh tortgani uchun 20 million dollar badal to'g'risidagi malumotga munosabat bildirdi

20.05.2021 15:20    


Rasmni yuklab olish

Fyuri o'z fikrini bildirdi.

Og'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Tayson Fyuri promouter Frank Uorrenning sobiq kamar egasi Deontay Uaylderga WBA, IBF, WBO hamda IBO kamarlari sohibi Entoni Joshua bilan birlashtiruvchi jangini tashkil etishiga xalaqit bermasligi uchun 20 million dollar taklif qilganiga haqidagi gaplarga munosabat bildirdi. 

Avvalroq arbitaj Fyuriga Uaylder bilan uchinchi jang o'tkazishni buyurgani haqida xabar berilgan edi. 

"Qanday hazil ... Uaylder 20 million dollar so'radi. Men yana uning bosh suyagini sindirishimga to'g'ri keladi!", - deb yozgan Fyuri o'zining instagramining "storis"ida.

Eslatib o'tamiz, 2018 yil dekabr oyida Tayson Fyuri va Deontey Uaylder o'rtasidagi jang durang bilan tugadi. 2020 yil fevral oyida britaniyalik sportchi amerikalikni nokautga uchratdi va undan og'ir vazn toifasidagi WBC kamarini tortib oldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: