SportUz.Net
photo photo

O'zbek bokschilari Osiyo chempionatida qancha pul ishlab olishlari mumkin?

19.05.2021 13:40    


Rasmni yuklab olish

AIBA Osiyo chempionati tarixida ilk marotaba sovrindorlar uchun mukofot puli ajratadi.

Bu haqida tashkilot matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Turnir jamg'armasi 400 000 AQSH dollarini tashkil etadi va pullar oltin, kumush va bronza medallari sohiblari o'rtasida bo'linadi. 

Musobaqada birinchi o'rinni qo'lga kiritgan sportchilar 10 000 AQSH dollari bilan mukofotlanadilar. Ikkinchi o'rin egalariga 5 000 dollar berilsa, bronza medali egalari 2 500 dollarga ega bo'ladi. 

Mukofot pullarini berish erkaklar o'rtasida ham, ayollar o'rtasidagi bahslarga ham amal qiladi. 

"Biz avvaldan rejalashtirilgan strategiyaga amal qilmoqdamiz. Bokschilar qiyin mehnatlari uchun mukofotlanishlari lozim. Pullar sportchilarga nafaqat motivaciya beradi, balki ularning oilasiga moliyaviy barqarorlikni taqdim etadi. Bokschilarimiz muhim shahslardir. Osiyo chempionati ishtirokchilariga ringda o'zlarini yaxshi tomonlama ko'satishlarini va sog'-salomat bo'lishlarini tilayman", - dedi AIBA prezidenti Umar Kremlyov.

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: