SportUz.Net

SHohasan Mirzamatov Octagon ligasi bilan yangi shartnoma imzoladi + FOTO

02.10.2023 14:57    


Rasmni yuklab olish

Yarim o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi SHohasan Mirzamatov (10-3-0) Qozog'istonning Octagon ligasi bilan yangi shartnoma imzoladi.

Bu haqda liganing matbuot xizmati xabar tarqatdi.

SHohasan yangi shartnomadan so'ng quyidagicha fikr bildirdi:

"Octagon ligasi bilan yangi, uzoq yillik shartnoma imzoladik. Mening qaytishimni kutyapsizlarmi?".

Eslatib o'tamiz, Mirzamatov so'nggi jangini 16 sentyabr kuni Toshkentda rossiyalik Xamzat CHapanovga qarshi o'tkazib, mag'lub bo'lgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: