"Uni yana bir bor MMAda ko'rishni istayman. Undan uchinchi jang uchun qarzdorman, buni men uning oldidagi burchim sifatida bilaman. U menga revansh jangi uchun imkoniyat berdi va men unda g'alaba qozondim. SHu boisdan uning bu munosabati uchun men undan qarzdorman", - dedi Makgregor.
Eslatib o'tamiz, Diaz 2016 yilning mart oyida UFC 196 turnirida Makgregorni mag'lub qilgandi, shu yilning avgust oyida tomonlarning revansh jangi o'tkazildi va unda Konorning g'alabasi kuzatildi.
Makgregor 2021 yilning iyulidan buyon MMAda jang o'tkazgani yo'q. So'nggi jangida u Dastin Porega yutqazgandi.
Ien Garri: "Agar Maxachev yarim o'rta vaznda titul jangini xohlasa, qolganlar kutib turishadi"