Bugun kun davomida Osiyo o'yinlarida to'rt nafar bokschimiz jang o'tkazadi. Etiborlisi, ayollar o'rtasida bazi vazn toifalarida Olimpiya o'yinlari uchun 4 ta licenziya beriladi. -50 kg vazn toifasida yarim finalchilarning barchasi Parij Olimpiadasi licenziyasiga ega chiqadi. Demak, Sabina Boboqulova xitoylik raqibasini mag'lub etib, ushbu licenziyani qo'lga kiritishi mumkin bo'ladi.
-50 kg: Sabina Boboqulova - YU Vu (Xitoy) (11:15 dan so'ng)
-57 kg: Sitora Turdibekova - Fatima Zahra (Pokiston) (11:45 dan so'ng)
-80 kg: To'rabek Xabibullaev - Muhammad Ahmed Alsubhi (Saudiya Arabistoni) (12:25 dan so'ng)
-92 kg: Lazizbek Mullojonov - Xuezan Xan (Xitoy) (13:30 dan so'ng)
O'zbekistonlik yana bir MMA jangchisi AQSHning LFA ligasi bilan shartnoma imzoladi + FOTO