Avval xabar berganimizdek, musobaqa doirasida uch nafar o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi oktagonga ko'tarildi. Ularning ikki nafari g'alaba qozongan bo'lsa, bir jangchimiz raqibi oldida ojiz qoldi.
Octagon 50 turnirida jang qilgan hamyurtlarimizning natijalari bilan tanishing:
1. Kelishilgan vaznda, 73 kg: Axliddin Mirzadavlatov (O'zbekiston, 10-2-1) - Pedro Elias (Braziliya, 6-5), (1-raundda KO-TKO)
2. Engil vaznda: Asadbek Qoxorov (O'zbekiston, 5-2) - Aziz Usmanov (Qirg'iziston, 3-2), (Hakamlarning yakdil qarori bilan)
3. Yarim engil vaznda: Arsen Jienbekov (O'zbekiston, 1-1) - Abay Jalal (Qozog'iston, 2-0), (1-raundda sabmishen).