Oqshomning markaziy jangi engil vazn toifasida UFC chempioni, rossiyalik Islam Maxachev hamda davogar, braziliyalik sobiq chempion CHarlz Oliveyra o'rtasida kechadi. Tashkilotchilar tomonidan turnirdan o'rin olgan yana bir jang elon qilindi.
Unga ko'ra, yarim engil vazn toifasida tojikistonlik UFC jangchisi Muhammad Naimov (9-2-0) angliyalik Nataniel Vud (19-5-0)ga qarshi oktagonga ko'tariladi. Ular o'rtasidagi jang prelim kard doirasida 3 raund etib belgilangan. Bu Muhammad uchun ikkinchi jang bo'ladi.
Bundan tashqari, UFC 294 turniri doirasida yana bir tojikistonlik jangchi - Muin Gafurov (18-5-0) rossiyalik Said Nurmagomedov (17-3-0) bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi.
Octagon League sobiq chempioni Islom Boltaev ham keyingi jangini Farg'onada o'tkazadi (POSTER)
DWCS: Azamat Nuftillaevni mag'lub etgan serbiyalik jangchi ham UFC shartnomasidan quruq qoldi
Yilning so'nggi raqamli UFC turnirida yana bir sobiq chempion jang o'tkazadi + POSTER