SportUz.Net
photo photo

Xabarovskdagi musobaqada 8 ta medal qo'lga kiritgan bokschilarimiz O'zbekistonga qaytib kelishdi + FOTO

17.05.2021 10:40    


Rasmni yuklab olish

Xabar berib o'tganimizdek, boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari Rossiya Federaciyasining Xabarovsk shahrida tashkil etilgan xalqaro turnirda qatnashishdi.

Sobiq Ittifoq qahramoni Konstantin Korotkov xotirasiga bag'ishlangan musobaqada yigitlarimiz 4 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi.

Musobaqada umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egallagan bokschilarimiz bugun tongda yurtimizga qaytib kelishdi. 

Eslatib o'tamiz, musobaqa davomida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo'lishdi:

Oltin:

-52 kg: Mironshox Ibragimov

-60 kg: Xurshid Rasuljonov

-63 kg: Mujibillo Tursunov

+91 kg: Lazizbek Mullajonov


Kumush:

-91 kg: Madiyar Saidrahimov


Bronza:

-49 kg: Sohib Sodiqjonov

-69 kg: Jahongir Rahmonov

-81 kg: Suhrob Qayumov.

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati





Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: