SportUz.Net
photo photo

Makgregor Oliveyraning bugungi g'alabasiga munosabat bildirdi

16.05.2021 16:40    


Rasmni yuklab olish

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor engil vaznning yangi chempioni CHarlz Oliveyraning bugungi g'alabasiga o'z munosabatini bildirdi.

Oliveyra bugun UFC 262 turnirining markaziy jangida sobiq Bellator chempioni. amerikalik Maykl CHendlerni ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratib, Xabib Nurmagomedovdan qolgan kamarga ega chiqqan edi. Irlandiyalik Oliveyrani tabriklar ekan, tez orada yana chempion bo'lishiga ishora qildi.

"Oliveyrani engil vazn tarixida UFC promoushenining 11-chempioni bo'lgani bilan tabriklayman. Qiziq, 12-chempion kim bo'lar ekan..." — deya o'zining "Tvitter"dagi sahifasida xabar qoldirgan Makgregor.

Malumot uchun, Konor Makgregor 10 iyul kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o'tkaziladigan UFC 264 turnirida Dastin Porega qarshi oktagonga ko'tariladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: