22-23 may kunlari Termiz shahri MMA bo‘yicha professional jang kechasiga mezbonlik qiladi. Yanada aniqroq qilib aytganda, Surxondaryo viloyati hokimi kubogi uchun o‘ziga xos turnir tashkil etiladi.
Mazkur jang kechasining kardi 16 ta jangdan iborat bo‘ladi. Yurtimizning iste’dodli MMA jangchilari bilan bir qatorda qo‘shni Tojikiston, Afg‘oniston, Qirg‘izistondan ham yuqori darajadagi sportchilar taklif etilgan.
Aslida, ushbu turnir aprel oyida bo‘lib o‘tishi lozim edi. Biroq ba’zi sabablarga ko‘ra, bu qoldirilgandi. Mazkur turnirning tashkilotchilaridan biri, O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi Surxondaryo viloyati bo‘limi ijrochi direktori Valijon Azimovning saytimizga ma’lum qilishicha, ushbu jang kechasi yuqori darajada tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, juftliklarni tanlashga ham jiddiy yondoshilgan.
22 may kuni "Face to Face" marosimi o‘tkazilsa, 23 may kuni Termiz shahar San’at saroyi “Amfiteatr”da janglar bo‘lib o‘tadi.
Tez orada jang qiluvchi juftliklarni ham ma’lum qilamiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Oliveyra: "Topuriya - men jang qilganlar orasida eng qattiq zarba beruvchi sportchi"
"Undan rekordidagi nolni olib qo'ymoqchiman". Volkanovski Evloev bilan jangga tayyor
Pimblett nima uchun Topuriya bilan jangga loyiq ekanligini aytdi va Maxachevni misol keltirdi