SportUz.Net

5 nafar bokschimiz Xabarovskdagi musobaqada finalga chiqdi, 3 tasida esa bronza

14.05.2021 16:20    


Rasmni yuklab olish

Rossiya Federaciyasining Xabarovsk shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasida xalqaro turnir o'tkazilmoqda.

Bugun musobaqa doirasida yarim final janglari o'tkazildi. 

Unda 8 nafar hamyurtimiz ringga ko'tarildi. Ularning 5 nafari g'alaba qozonib, final yo'llanmasiga ega chiqdi. 3 bokschimiz esa imkoniyatni boy berib, yurtimizga bronza medali bilan qaytadigan bo'ldi. 

-49 kg: Sohib Sodiqjonov - Cubasa Ogava (Yaponiya) 0:5

-52 kg: Mironshox Ibragimov - Bair Batlaev (Rossiya) 5:0

-60 kg: Xurshid Rasuljonov - SHion Nishiyama (Yaponiya) 4:1

-63 kg: Mujibillo Tursunov - Tigran Uzlyan (Rossiya) 4:1

-69 kg: Jahongir Rahmonov - Sevonrect Okazava (Yaponiya) 0:5

-81 kg: Suhrob Qayumov - Mohmed Assagir (Marokash) 0:5

-91 kg: Madiyar Saidrahimov - Elli Ochola (Keniya) 5:0

+91 kg: Lazizbek Mullajonov - Andrey Stockiy (Rossiya) 5:0



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: