SportUz.Net
photo photo

Fyuri: "Men ruhiy muammolar sabab janglardan olinganman"

13.05.2021 09:20    


Rasmni yuklab olish

Og'ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri psixologik muammolari haqida gapirdi.

Bokschining so'zlariga ko'ra, faoliyati davomida ruhiy muammolar sabab janglarda qatnasha olmagan.

"Inson uchun haqiqiy muammo - bu psixologik sog'liq. Men buni butun hayotim davomida his qilib kelmoqdaman. Psixologiyasi bilan muammosi bor odamni ringga chiqishini kutish mantiqsiz ish. Oldinroq men aynan shu sabab bilan janglardan olinganman.


Jismonan sog'dek ko'ringan jangchida muammo yo'q deb o'ylash kerak emas. Asosiy muammo uning ruhiyatida bo'lishi mumkin. Pandemiya paytida juda ko'p insonlar ruhiy qiyinchilikka uchrashmoqda. Unutmang, bir kun baribir yorug' kunlar keladi. Qiyin paytlarda esa yaqin insoningizga suyanish kerak", - dedi Tayson Fyuri.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: