Prelim kardning uchinchi jangida ayollar o'rtasida o'ta engil vazn toifasi vakillari - amerikalik Miranda Meverik (11-5-0) kanadalik Jasmin Jasudavicius (9-2-0) bilan to'qnash keldi. 3 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan 29:28, 29:28, 29:28 hisoblarida Jasmin zafar quchdi.
Turnir davomida hozircha uch nafar kanadalik jang qilib, uchchalasi ham g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi.