SportUz.Net
photo photo

Olimjon Nazarov Eliminator jangida ringga chiqadi

10.06.2023 18:00    


Rasmni yuklab olish

Professional boksning o'ta engil vazn toifasi (50,8 kg) reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan Olimjon Nazarov davogarlar jangida ringga ko'tariladi.

WBO Oriental kamari sohibi bo'lib turgan tajribali charm qo'lqop ustamiz 10 sentyabr kuni Yaponiyada tashkil etiladigan boks oqshomida faoliyatidagi muhim janglardan birini o'tkazadi. Nazarov (28-5) shu kuni reytingning birinchi pog'onasidan joy olgan yaponiyalik Riku Kano (20-4-2)ga qarshi ringga chitqadi. 

Ushbu 12 raundlik bahs Eliminator, yani davogarlar jangi maqomida bo'ladi. G'olib bokschi chempionlik kamariga majburiy davogarga aylanadi. Ayni paytda bu vazn toifasida amerikalik Jessi Rodrigez WBO chempioni bo'lib turibdi. 

Malumot uchun, Riku Kano Asia-Pacific kamari sohibi bo'lib, oxirgi 6 ta jangining 5 tasida g'alaba qozongan. So'nggi jangini shu yilning 16 aprel kuni hamyurti Dayki Kameyamaga qarshi o'tkazib, durang qayd etgan. Nazarov esa 28 yanvar kuni Seul shahrida tailandlik 27 yoshli Jakravut Majungoenga (42-2-2)ni to'liq 12 raund davom etgan jangda ochkolar hisobiga ko'ra (120-108, 120-108, 120-108) mag'lub etgan edi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: