Malumki, "Favzul Munavvar" yurtimizda faoliyatini boshlagan ilk promouterlik klublaridan biri hisoblanadi. O'tgan asrning 90-yillari oxirida tashkil etilgan ushbu kompaniya bugungi kunda ham jadal suratlarda faoliyatini davom ettirmoqda.
O'z vaqtida ushbu kompaniya tomonidan Bekobodda tashkil etilgan professional boks oqshomiga o'zining soch turmagi bilan tanilgan mutlaq jahon chempioni Konstantin Czyu faxriy mehmon sifatida tashrif buyurgan edi.
"Ushbu promouterlik kompaniyasi tashkil etilganida o'zim birinchilardan bo'lib oq fotiha bergan edim. Yurtimizda bu kabi kompaniya va klublar qanchalik ko'p bo'lsa, O'zbekiston professional bokschi shunchalik rivojlanib boraveradi. Faqat ular orasida sog'lom raqobat bo'lishi kerak", - dedi G'ofur Rahimov.
Uchrashuv so'nggida G'ofur Ahmedovich "Favzul Munavvar" promouterlik kompaniyasining rejalari bilan tanishdi. Reja bo'yicha ushbu kompaniya bokschilari iyul, avgust va sentyabr oylarida Koreya Respublikasi hamda Yaponiyada tashkil etiladigan professional boks kechalarida o'z janglarini o'tkazishadi.
Ien Garri: "Agar Maxachev yarim o'rta vaznda titul jangini xohlasa, qolganlar kutib turishadi"