Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu turnirda ONE FC promoushenida ishonchli harakat qilayotgan o'zbekistonlik Mavlud Tifiev ham jang qiladi. Hamyurtimizga tailandlik Yod Saenchay raqiblik qiladi. U shu paytga qadar bitta jang o'tkazib, g'alaba qozongan. 21 yoshli Saenchay shu yilning 24 mart kuni belgiyalik Samuel Bielenni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratgan edi.
Bugun jangchilar tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Tifiev 65,7 kg vazn ko'rsatib, belgilangan meyorni bajardi. Mavlud o'zining so'nggi jangida rossiyalik Alaverdi Ramazanovni mag'lub etgandi. Ertangi jang Mavlud Tifiev uchun ONE FC promoushenidagi uchinchisi bo'ladi.
Ien Garri: "Agar Maxachev yarim o'rta vaznda titul jangini xohlasa, qolganlar kutib turishadi"