SportUz.Net
photo photo

Yaponiyalik Tayradan Umar Nurmagomedovgacha. Kelajakda UFC chempioni bo'lishi kutilayotgan yoshlar ro'yxati

05.06.2023 13:19    


Rasmni yuklab olish

UFC’ning deyarli har bir divizionida munosib etibor qozona olmagan jangchilar bor.

Bilasizski, MMAda barcha narsa bir jang orqali o'zgarib ketishi mumkin. Keling, Dana Uayt promoushenining potencial chempioni deya kimni atash mumkin, degan savolga javob izlab ko'raylik. 


5. Tatsuro Tayra — eng engil vazn toifasi 

Tayra harakat qiladigan vazn toifasi anchagina jonlanib qoldi. Brendon Moreno va Deyveson Figeyredo safiga yaqinda Manel Keyp hamda Muhammad Mokaevlar qo'shildi. Qolaversa, ularning qatoriga endi Tatsuro ham "yorib" kirib kelyapti. Kunchiqar yurt jangchisi hali mag'lubiyat alamini tatib ko'rgani yo'q: 13 g'alaba. Biroq yaponiyalik sportchida bitta muammo mavjud, u ingliz tilini bilmaydi.




4. Movsar Evloev — yarimengil vazn toifasi 

UFC yarimengil vazn toifasida kuchli jangchilarning etishmasligidan aziyat chekmaydi. Ushbu vaznda rus xalqi hali ham boshqa yurt vakillariga nisbatan bir bosh ustun ekanligini alohida takidlash lozim. Movsarning bevosita OAVga aloqador bir muammosi bor. U o'tkazilgan etti jangining barchasida g'alaba qozongan, ammo nokautlar yo'q. Dana Uayt esa buni yoqtirmaydi...




3. Arman Carukyan — engil vazn toifasi 

Ushbu vazn toifasi UFC’dagi eng qiyin toifa hisoblanadi. SHuning uchun, qozonilgan birgina g'alaba juda qimmatlidir. Carukyan ayni dam reytingda 8-pog'onani band etib turibdi. Ko'pchilik yaqin 2-3 yilda Armanning chempionlik jangi uchun oktagonga ko'tarilishini taxmin qilmoqda. U hozir 26 yoshda va ommaga tanilishga ulgurdi. Gruziyalik jangchi 4 yil muqaddam Islam Maxachev bilan jang qilgandi va imkoniyatni boy bergandi. Ushbu mag'lubiyat Carukyanning karerasiga ijobiy tasir qildi va muxlislar o'rtasidagi shov-shuvga sabab bo'ldi.




2. Jailton Almeyda — og'ir vazn toifasi 

Og'ir vazn? Jon Jons, Sergey Pavlovich, Tom Aspinall, Siril Gan turganda-ya? Taajjublanishingiz aniq, chunki Almeyda hali u qadar mashhur emas. Lekin shunday holat borki, Jailtonning so'nggi 14 raqibi (!) unga qarshi jangda ikki raundga ham chidamadi. Ekspertlar fikricha, tez orada braziliyalik jangchi bilan Rozenstrayk Jairzino jangi tashkillanishi mumkin.




1. Umar Nurmagomedov – eng engil vazn toifasi 

UFC afsonasi Xabib Nurmagomedov 3 yil avval nafaqaga chiqqan, biroq uning "oilaviy biznesi" tugagani yo'q. Umar ham huddi amakivachchasi kabi hali mag'lubiyat nima ekanligini bilmay kelmoqda. Xabibning jiyani sayyoradagi har qanday raqib uchun "dahshatli tush" bo'lishi mumkin. Rus jangchisi o'zining ajoyib kurash uslubi va qattiq mentaliteti bilan maqtana oladi. Bu jihatlar sinchkov muxlis uchun Xabibni eslatib yuboradi, shu bois raqiblar unga qarshi oktagonga ko'tarilishdan bosh tortadi.




Sports.ru sayti asosida Habib Jo'raboev tayyorladi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: