Arturning so'zlariga ko'ra, jang tashkil etilmaganiga Bivol jamoasi sabab bo'lgan.
"Bu mening aybim emas. Yard bilan so'ng jangdan taxminan bir oy o'tib fevral oyida promouterlarim men bilan bog'landi. Ular boshqa tomon taklif qilgan sana haqida aytishdi, bu men uchun juda noqulay edi. Ramazondan keyin bir oycha vaqt o'tdi. Tushunishim bo'yicha menga atayin shunday shartlar berilgan. Ular rad javobini beraman deb o'ylashgandir. Ramazonda mashg'ulot o'tkazmayman, undan so'ng 5-6 haftada tayyorlanishim kerak bo'lar edi. Bu shartlar menga to'g'ri kelmasdi", - dedi Beterbiev.
Eslatib o'tamiz, Beterbiev navbatdagi jangini 19 avgust kuni Kallum Smitga qarshi o'tkazadi.
Ien Garri: "Agar Maxachev yarim o'rta vaznda titul jangini xohlasa, qolganlar kutib turishadi"