Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi, SHara Bullet nomi bilan tanilgan SHarabutdin Magomedov shu yil oktyabr oyida Abu-Dabida o'tkaziladigan UFC 294 turnirida oktagonga ko'tariladi. Bu malumotni uning murabbiyi Gor Azizyan ham tasdiqladi.
"Jang qachon? Oktyabr oyida, Abu-Dabida. Hozircha raqib ism-sharifini ayta olmayman, lekin top darajadagi jiddiy jangchi. SHara tez orada UFC chempioni bo'ladi. Men bu haqda to'rt yil avval aygandim, hozir yana takrorlayman. Bu faqat mening fikrim emas", — dedi murabbiy.
Eslatib o'tamiz, SHara Bullet o'tgan yilning dekabr oyida UFC bilan shartnoma imzolagan edi. U o'rta vazn toifasida o'z janglarini o'tkazadi. Uning hisobida 11 ta g'alaba bor.
SHahram G'iyosov The Ring reytingida o'tgan oydagi kabi sakkizinchi o'rinda qayd etildi
UFC jangchisi Arman Carukyan greppling qoidalari asosida o'tkazilgan turnir g'olibiga aylandi